
De Yong: "Qaytish uchun vaqt bor"
"Barselona" La Liganing 16-turida "Jirona"ga 2:4 hisobida mag‘lub bo‘lib, turnir jadvalida 4-o‘rinda qolib ketdi. Mazkur uchrashuvdan keyin Frenki De Yong o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Bugun juda yomon o‘ynadik. Bu bizning aybimiz. Peshqadam jamoadan 7 ochko orqadamiz. Qaytish uchun vaqt bor, lekin ko‘p jabhada yaxshilanishimiz va ko‘proq mehnat qilishimiz kerak", - dedi niderlandiyalik yarim himoyachi.
"Barselona"ni oldinda La Liga doirasida "Valensiya" va "Almeriya"ga qarshi uchrashuvlar kutib turibdi.
Fikrlar