
De Yong uchun Evropa chempionati muddatidan avval yakunlandi
"Sevilya" klubi va Niderlandiya terma jamoasi hujumchisi Lyuk de Yong uchun “Evro-2020” muddatidan avval nihoyasiga etdi.
Terma jamoa rasmiy sayti tarqatgan xabarga qaraganda, 30 yoshli futbolchi mashg‘ulotlar paytida tizzasidan jarohat olgan va bu jarohat jiddiy bo‘lib chiqqan. U allaqachon Niderlandiya terma jamoasi qarorgohini tark etgan.
Niderlandiya terma jamoasi Evropa chempionatining 1/8 final bosqichida “D” yoki “F” guruhida 3-o‘rinni egallagan terma jamoaga qarshi o‘yin o‘tkazadi.
Niderlandiyaning nimchorak final uchrashuvi Vengriya poytaxti Budapesht shahrida bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar