
Debyut, gol, assist - Sanjar Qodirqulovning muvaffaqiyatli debyuti
Vadim Abramov yosh shogirdi Sanjar Qodirqulovni Yamanga qarshi bahsning ilk daqiqalaridan maydonga tushirdi. Shu tariqa, "Bunyodkor" vakili O‘zbekiston milliy terma jamoasida debyut o‘yinini o‘tkazdi.
O‘zbekiston milliy terma jamoasi JCh saralashlaridagi 50-g‘alabasida 5:0 hisobida zafar quchdi
Ushbu yarim himoyachi ilk uchrashuvdayoq gol urishga erishdi. Qolaversa, Jamshid Iskanderovning goliga assistentlik ham qildi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston - Yaman bellashuvi 5:0 hisobi bilan yakunlandi.
Fikrlar