Deklan Rays: "Bu g'alaba biz uchun juda muhim edi"

  • 31.01.2026 23:31
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

"Arsenal" yarim himoyachisi Deklan Rays Angliya Premer-ligasining 24-turida "Lids" ustidan qozonilgan 4:0 hisobidagi g‘alaba haqida fikr bildirdi.

"To‘pchilar" shu tariqa chempionatda uch o‘yinlik g‘alabasiz seriyaga barham berdi.

— Oxirgi uch o‘yinni hisobga olsak, bugungi kun qanchalik muhim ekanini yaxshi tushunardik. Bu biz uchun juda katta g‘alaba.

Biz faqat o‘zimizga bog‘liq jihatlarni nazorat qila olamiz va o‘yinlarda g‘alaba qozonishda, raqiblarga bosim o‘tkazishda davom etishimiz kerak. Qanday yakun topishi — vaqt ko‘rsatadi.

Hozircha Premer-ligada peshqadammiz va Chempionlar ligasida sakkizta o‘yning barchasida g‘alaba qozondik. Joriy holatimizdan shikoyat qilishga hojat yo‘q. Juda kuchli pozitsiyadamiz va tarkibimiz haqiqatan ham yuqori saviyada ekanini yaxshi bilamiz.

Har bir o‘yin — kubok finali kabi. Oldinda uzoq to‘rt oy bor, ammo biz tayyormiz. Shu ruhda davom etib, bor kuchimizni berishimiz kerak, — dedi Rays.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!