Dembele "Barselona"ning taklifiga 10 kundan beri javob bermayapti

  • 27.12.2021 10:41
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Yaqinda ispan matbuoti frantsiyalik qanot yarim himoyachisi Usmon Dembele va "Barselona" o‘rtasida erishilgan kelishuv haqida xabar berdi. Ma’lum bo‘lishicha, futbolchi klub tomonidan qo‘yilgan shartlarga hali rozilik bermagan.

Mundo Deportivo nashrining yozishicha, Dembele va uning agenti o‘n kundan beri kataloniyaliklarning so‘nggi taklifiga javob bermayapti. Taxminlarga ko‘ra, Usmon o‘z faoliyatini davom ettirishning boshqa variantlarini ko‘rib chiqish uchun shunchaki vaqt o‘tkazishga harakat qilmoqda.

Masalan, unga "Nyukasl"dan o‘ziga xos taklif bor, bu moliyaviy jihatdan foydaliroq, chunki endi “Barselona”da uning maoshi o‘tkazilgan o‘yinlar soniga bog‘liq bo‘ladi.

Usmon Dembele joriy mavsum “Barselona” safida jami 10 ta o‘yinda maydonga tushdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!