Dembele Frantsiya terma jamoasidagi raqamini o‘zgartirdi

  • 9 oktabr, 2024, 11:25
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJ hujumkor yarim himoyachisi Usmon Dembele Frantsiya terma jamoasida boshqa raqam oldi. Terma jamoa matbuot xizmati xabariga ko‘ra, vinger shu kungacha Antuan Grizmanga tegishli bo‘lgan ettinchi raqamni oldi.

Grizmann yaqinda Frantsiya terma jamoasidagi faoliyatini yakunlaganini e’lon qilgan edi. Bungacha Dembele terma jamoada 11-raqam ostida to‘p surgan. U Frantsiya terma jamoasida 2016 yildan buyon o‘ynab kelmoqda.

Usmon o‘tgan davr mobaynida Frantsiya terma jamoasi tarkibida 49 ta uchrashuvda ishtirok etib, 5 ta gol urgan. 27 yoshli futbolchining transfer qiymati 60 million evroga baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!