Dembele Kumanning jahlini chiqaryapti

  • 28.09.2020 22:53
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Barselona” forvardi Usmon Dembele hamon tartib-intizomni buzishda davom etmoqda.

Deportes Cuatro nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, 23 yoshli frantsiyalik futbolchi jamoaning bugungi mashg‘ulotlariga 15 daqiqa kechikib kelgan. Aytish lozimki, bu uning Ronald Kuman bosh murabbiy bo‘lganidan buyon mashg‘ulotlarga ikkinchi marta kech qolishi bo‘ldi. Gollandiyalik mutaxassisning talabiga ko‘ra, “Barsa” futbolchilari mashg‘ulotlar boshlanishidan 1 soat avval qarorgohga etib kelishi kerak.

“Barselona” La Liganing ilk turini “Vilyarreal”ga qarshi o‘tkazdi va 4:0 hisobida g‘alaba qozondi. Usmon Dembele esa, maydonda 20 daqiqa harakat qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!