
Dembele "Real"ga qarshi o‘yinda maydonga tusholmasligi mumkin
“Barselona” vingeri Usmon Dembele kecha La Liganing 8-turida “Sevilya”ga (4:0) qarshi o‘yinda jamoadoshi Ronald Arauxoga qizil kartochka ko‘rsatgani uchun hakamga e’tiroz bildirdi va uning o‘zi ham maydondan chetlatildi.
Marca nashrining yozishicha frantsiyalik futbolchi bosh hakam Antonio Migel Mateu Laosning sha’niga haqoratli gaplarni aytgan.
La Liga tartib-intizom qo‘mitasi esa bu xatti-harakatlari uchun uni chempionatning 2 ta o‘yiniga diskvalifikatsiya qilishi mumkin. Ushbu holatda Dembele 9- va 10-turdan o‘rin olgan “Eybar” hamda “Real” Madridga qarshi o‘yinlarni o‘tkazib yuborishi mumkin.
Fikrlar