Dembele yaxshiroq variant qidiryapti

  • 06.01.2022 09:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Barselona” rahbariyati Usmon Dembeleni yangi shartnomaga ko‘ndira olmaganini tan olgan holda, bu futbolchining xizmatlaridan voz kechishga qaror qildi.

Diario Sport nashrining xabar tarqatishicha, frantsiyalik hujumkor futbolchi “Yuventus” vakillari bilan o‘zaro hamkorlik bo‘yicha kelishuvga erishgan. Biroq, Dembele Turinga ko‘chib o‘tishga shoshilayotgani yo‘q.

24 yoshli o‘yinchi o‘ziga PSJdan qiziqish borligini biladi va hamyurtlari unga turinliklardan ko‘ra foydaliroq shartnoma berishini ishonch bilan kutmoqda.

Joriy mavsumda Dembele beshta uchrashuvda maydonga tushdi va jamoadoshlarini ikki marta golli pas bilan ta’minladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!