Dembelega APLning yana bir grandi qiziqib qoldi

  • 10 dekabr, 2018, 22:15
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" klubi vingeri Usman Dembele faoliyatini Angliya premer-ligasida davom ettirishi mumkin.

Tecno

Ispan nashrlari tarqatgan xabarga ko‘ra 21 yoshli frantsiyalik futbolchi uchun kurashga “Liverpul” ham qo‘shilgan. Eslatib o‘tish lozimki, bundan avvalroq Dembelega “Arsenal”dan jiddiy qiziqishlar mavjudligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

O‘z navbatida kataloniyaliklar rahbariyati ham aksariyat qoidalarga rioya qilmayotgani va mashg‘ulotlarga jiddiy e’tibor bermayotgani sabab Dembeleni sotib yuborishga qarshi emas.

Ma’lumot uchun, Dembele joriy mavsum “Barselona” safida jami 19ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 8ta gol hamda 5ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Kataloniyaliklar uni 2017 yilning yozida “Borussiya” Dortmunddan 115 mln evroga sotib olgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!