Den Xuker: "Birgina sabab tufayli Arman Tsarukyan bilan jangga rozi bo‘ldim"

  • 04.10.2025 00:32
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA

UFC ning engil vazn toifasida ishtirok etuvchi Den Xuker mazkur divizion reytingida birinchi o‘rinni egallab turgan Arman Tsarukyanga qarshi bo‘lajak jang haqida gapirdi.

"Tsarukyanni engishni juda xohlayman, chunki u diviziondagi eng yaxshi jangchilardan. Aynan shu sabab men bu bahsga ikkilanmay rozilik bildirdim. O‘ylashimcha, bu haqiqiy da’vogarlar to‘qnashuvi! Agar g‘alaba qozonsam, titul uchun imkoniyatga ega bo‘laman", — dedi Xuker.

Eslatib o‘tamiz, Arman Tsarukyan (22-3) va Den Xuker (24-12) qarama-qarshiligi 22 noyabr kuni Qatardagi "UFC Fight Night" turnirida o‘tkaziladi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!