
Denis, Jo‘rabek va Humoyun Qozog‘istonda
Qozog‘istonning Nur-Sulton shahrida tennis bo‘yicha erkaklar o‘rtasida "Challenger" turkumiga kiruvchi "ATP Nur-Sultan" turniri o‘tkaziladi.
Mazkur musobaqada mamlakatimizning birinchi raqamli tennischisi Denis Istomin bilan birga yosh tennischilarimiz Jo‘rabek Karimov va Humoyun Sultonov o‘zaro kuch sinashadi.
Turnirning birinchi bosqichida Humoyun frantsiyalik Sadio Dumbiya, Jo‘rabek esa rossiyalik Ivan Gaxovga qarshi kortga chiqadi.
Denis Istomin yakkalik bahslaridagi ishtirokini ikkinchi davradan boshlaydi. Unga ushbu bosqichda germaniyalik Julian Lents va qozog‘istonlik Beibit Zukaev uchrashuvi g‘olibi qarshilik ko‘rsatadi.
Fikrlar