
Denis Istomin gollaniyadik raqibiga qarshi bahs olib bordi
AQShning Indian-Uells shahrida tennis bo‘yicha "masters" seriyasiga kiruvchi musobaqaning birinchi davra bahslariga start berildi. Tunda yurtimizning birinchi raqamli raketkasi Denis Istomin gollandiyalik Robin Xase bilan bahs olib bordi.
1 soat 16 daqiqa davom etgan bahsning birinchi setida g‘olib nomini aniqlash uchun tay-breykka murojaat qilindi. Afsuski, unda omad raqib tomonida bo‘ldi. Ikkinchi bo‘limda ruhiy ustunlikka ega bo‘lgan Xase o‘zining kuchli va aniq zarbalari bilan yurtdoshimizni dog‘da qoldira oldi 1:6.
Fikrlar