Denis Istomin tunda yana kortga chiqadi

Denis saralash bahslarining ilk uchrashuvini mezbonlar vakili Evan Songga qarshi o‘tkazdi. Tennischimiz ushbu uchrashuvda raqibini 6:3, 6:4 hisobida engdi. 

Mamlakatimizning birinchi raqamli tennischisi Denis Istomin Indian-Uells shahrida o‘tayotgan "BNP Paribas Open" turnirining g‘alaba bilan boshladi.

Endi Istomin ikkinchi davrada belaruslik Egor Gerasimovga qarshi kortga chiqadi. Mazkur o‘yin Toshkent vaqti bilan 7 mart kuni 01:20dan so‘ng boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!