
Denis Istomin Xitoydagi sarguzashtini boshladi
Xitoyning Chengdu shahrida Professional tennischilar uyushmasi tomonidan sovrin jamg‘armasi 1,096,575 AQSh dollarini tashkil etuvchi xalqaro turnir o‘tkaziladi.
Musobaqaning saralash bahslarida mamlakatimiz sharafini Denis Istomin himoya qilmoqda. Denis ushbu bosqichda avstraliyalik Bernard Tomichga qarshi kortga chiqdi. Mazkur uchrashuvdagi hisob 6:1, 3:1 bo‘lib turgan bir vaziyatda Bernard o‘yinni davom ettirishdan bosh tortdi.
Shu tariqa saralash bosqichining navbatdagi bosqichida yana bir avstraliyalik tennischi Aleksey Popirin bilan kuch sinashadi.
Fikrlar