Denis Istomindan xafa bo‘lgan Lukash Latsko ikkinchi davraga chiqdi
“Katta dubulg‘a” turkumiga kiruvchi “Australian Open – 2018” turnirining erkaklar o‘rtasidagi birinchi davra bahslari davom etmoqda.
Unda amerikalik Sem Kuerri ispaniyalik Felisiano Lopesga qarshi kortga chiqib, yakunda 6:3, 6:4, 6:2 hisobida g‘alaba qozondi va navbatdagi bosqichda vengriyalik Marton Fuchovichga qarshi kortga chiqadigan bo‘ldi.
Ilk davrada kanadalik Milosh Raonich kutilmaganda slovakiyalik Lukash Latskoga 7:6, 5:7, 4:6, 6:7 hisobida mag‘lubiyatga uchradi. Enli Latsko ikkinchi bosqichda argentinalik Nikolas Kiker bilan raqobatlashadi.
Dunyoning to‘rtinchi raqamli tennischisi germaniyalik Aleksandr Zverev birinchi bosqichda italiyalik Tomas Fabbianoni 6:1, 7:6, 7:5 hisobida engdi va hamyurti Peter Goyovchikga qarshi ikkinchi davrada o‘ynaydigan bo‘ldi.
Fikrlar