Derbi oldidan "Chelsi"da yo‘qotishlar bor
"Chelsi" yarim himoyachisi Xakim Ziesh APL doirasidagi "Arsenal"ga qarshi o‘yinda jamoasiga yordam bera olmaydi.
"Reuters" nashrining xabariga ko‘ra, marokashlik futbolchi derbigacha jarohatidan tiklanib ulgurmaydi. Shuningdek, himoyachi Ben Chiluellning ham "kanonirlar"ga qarshi o‘yinda maydonga tushishi so‘roq ostida turibdi.
Ma’lumot uchun, "Arsenal" va "Chelsi" o‘yini 26 dekabr kuni Toshkent vaqti bilan 22:30da start oladi.

Fikrlar