Desham Osiyo qit’asiga keladi(mi)?
Frantsiya terma jamoasi bosh murabbiyi Dide Desham faoliyatini Saudiya Arabistonida davom ettirishi mumkin.
"L'Equipe" nashri bergan xabarlarga ko‘ra, frantsiyalik mutaxassisning xizmatlariga Saudiya Arabistonining amaldagi chempioni "Al-Ittihod" jamoasi qiziqish bildirmoqda. Biroq Desham qaror qabul qilishga shoshilmasligini va bor e’tiborini Frantsiya terma jamoasiga qaratishini ma’lum qilgan. Murabbiy 2026 yilgi Jahon chempionatidan so‘ng jamoani tark etishini e’lon qilgan edi. U "uchranglilar"ni 2012 yildan buyon boshqarib kelmoqda.
Ma’lumot uchun, Deshamning o‘rnini esa Zinedin Zidan egallashi kutilmoqda.



Fikrlar