Devid Bekxem: Biz sevgan o‘yin xavf ostida

Amerika Qo‘shma Shtatlarining "Inter Mayami" klubi egasi Devid Bekxem Evropa Superligasi haqida fikr bildirdi:

"Men futbolni sevuvchi bir odamman. U esimni taniganimdan buyon hayotimning ajralmas bo‘lagi bo‘lib kelgan. Men uni yoshligimda muxlis bo‘lib sevganman va hozir ham uning ixlosmandiman. 

Bizga barcha uchun ochiq bo‘lgan haqiqiy futbol kerak. Bizga raqobat va haqiqiy musobaqalar kerak bo‘ladi. Aks holda, sevimli o‘yinimizni xavf ostida qoldirishimiz mumkin", - deb yozdi Bekxem o‘z "Instagram" sahifasiga. 

Angliyalik sobiq futbolchi "Manchester Yunayted", "Real" va PSJ jamoalaridagi o‘yinlari bilan futbol olamida mashhurligini bilasiz.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!