
Deyan Lovren "Evro-2020"ni o‘tkazib yuborishi mumkin
Sankt-Peterburgning “Zenit” klubi va Xorvatiya terma jamoasi himoyachisi Deyan Lovren “Evro-2020”ni o‘tkazib yuborishi mumkin.
Newsline tarqatgan xabarga qaraganda, 31 yoshli futbolchi jarohat olgan va shu sababli terma jamoaning so‘nggi mashg‘ulotlarini o‘tkazib yuborgan. Shifokorlar uning safga qaytishi uchun taxminan 3-6 hafta vaqt talab etilishini aytishmoqda.
Evropa chempionati 11 iyun kuni start oladi. Xorvatiya terma jamoasi musobaqaning “D” guruhida Angliya, Shotlandiya va Chexiyaga qarshi bahs olib boradi.
Lovren joriy mavsum “Zenit” safida RPLda jami 21 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 2 ta gol yozdirib qo‘ydi.
Fikrlar