
Di Mariya faoliyatidagi eng yomon murabbiy kimligini aytdi
PSJ klubi yarim himoyachisi Anxel Di Mariya faoliyatida Lui van Galdan ko‘ra yomonroq murabbiy bo‘lmaganini aytdi.
"Van Gal – faoliyatimdagi eng yomon murabbiy. Men gol urdim, assistentlik qildim va ertasi kuni u menga noto‘g‘ri paslarni ko‘rsatdi. U meni birinchi kundanoq rad etdi.
Lui futbolchilarning o‘zidan muhimroq bo‘lishini yoqtirmasdi", - dedi Di Marii Express nashriga bergan intervyusida.
Eslatib o‘tamiz, argentinalik futbolchi "Manchester Yunayted" safida 2014/15 yillarda to‘p surgan. Shundan so‘ng u PSJga ko‘chib o‘tgan.
Fikrlar