
Di Mariya sobiq jamoasiga qaytishi kutilmoqda
Argentina terma jamoasi va PSJ klubi hujumkor yarim himoyachisi Anxel Di Mariya yozda jamoasini o‘zgartiradi.
Eslatib o‘tamiz, uning parijliklar bilan shartnomasi mavsum oxirida tugaydi va tomonlar ushbu shartnomani uzaytirishi kutilmayapti.
Jurnalist Pedro Almeydaning xabar berishicha, 34 yoshli argentinalik futbolchini “Benfika” o‘z safiga chorlamoqda. Qayd etilishicha, Anxelning transferiga A Seriya grandlaridan ham qiziqishlar bor.
Eslatib o‘tamiz, Di Mariya 2007-2010 yillarda aynan “Benfika” safida o‘ynagan va shundan so‘ng "Real"ga ko‘chib o‘tgan.
Fikrlar