Dibala, o‘rningga “Chelsi” yulduzi keladi!

  • 6 may, 2022, 09:35
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Yuventus” rahbariyati bilan yangi bitim bo‘yicha kelishuvga erisha olmagan Paulo Dibala yozda “Inter”ga o‘tishi haqida xabarlar ko‘payib bormoqda.

Tecno

O‘z navbatida, turinliklar ham argentinalik yulduz o‘rniga boshqa o‘yinchi topib qo‘ydi. “Yuventus” mutasaddilari yozda “Chelsi” hujumkor futbolchisi Kristian Plushichni transfer qilish bo‘yicha ish boshlashga tayyorgarlik ko‘ryapti.

Pulishich Tomas Tuxel unga taqdim qilayotgan o‘yin vaqti kamligidan norozi bo‘lmoqda va yozda boshqa jamoaga o‘tib ketishni maqsad qilib qo‘ygan.

O‘yinchining klub bilan shartnomasi yana ikki yil davom etadi. Shuning uchun ham turinliklar yaxshigina xarajat qilishiga to‘g‘ri keladi. Joriy mavsum 34 ta o‘yinda ettita gol urib, to‘rtta samarali uzatma bergan Pulishichning transferi 45 million evroni tashkil qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!