Dibala Argentina termasiga yordam bera olmaydi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi


Argentina terma jamoasi hujumchisi Paulo Dibala Italiya chempionati 29-turidan o‘rin olgan “Sampdoriya” – “Yuventus” (0:1) bahsida jarohat olganligi sababli, terma jamoasining yaqin vaqt ichida bo‘ladigan o‘yinlarida ishtirok eta olmaydi. 

Sky Sport Italia nashrining yozishicha, hujumchi zudlik bilan terma jamoani tark etgan va jarohatini davolashni boshlab yuborgan. Shunday qilib, Paulo Argentinaning JCh-2018 saralash doirasidan o‘rin olgan Chili (24 mart) va Boliviyaga (28 mart) qarshi o‘yinlarni o‘tkazib yuboradi.

Paulo_Dybala

Biroq u 2 aprel kuni Italiya chempionati 30-turining markaziy bahsida “Napoli”ga qarshi o‘yinda maydonga tushishi mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!