Dibala umumiy mashg‘ulotlarga qaytdi


“Yuventus” klubi hujumchisi Paulo Dibala “Barselona”ga qarshi EChL 1/4 final bahsi oldidan o‘tkazilgan umumiy mashg‘ulotlarda to‘liq ishtirok etdi, deya xabar beradi La Gazzetta dello Sport nashri.

Argentinalik futbolchi “A” seriyasi “Peskara” (2:0) bilan bo‘lgan o‘yinda jarohat olgan edi. Shundan so‘ng uning katalon klubiga qarshi o‘yinda maydonga tushishi so‘roq ostida qolgan edi.

“Barselona” va “Yuventus” jamoalari o‘rtasidagi javob bahsi 19 aprel kuni “Kamp Nou” stadionida bo‘lib o‘tadi. Birinchi o‘yinda “keksa sinora” yirik 3:0 hisobida zafar quchgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!