Dilshod Komilov "Andijon"da! (Foto)
"Andijon"ning Antaliyada davom etayotgan o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini mobaynida yangi o‘yinchilar ham qo‘shilayotgani xususida xabardor etib kelyapmiz.
Bugun klub safiga yangi o‘yinchilar qo‘shiladigan kun. Ulardan biri bir necha daqiqa oldin "Andijon" jamoasi istiqomat qilayotgan “Asteria Kremlin Palace” mehmonxonaga etib keldi. Bu – iste’dodli himoyachi Dilshod Komilov bo‘lib, ishqibozlar ushbu o‘yinchini “Lokomotiv” klubidagi o‘yinlari orqali yaxshi biladilar.

24 yoshli futbolchi Turkiya yig‘iniga “Lokomotiv” bilan birga kelgandi va u bilan muzokaralar ijobiy yakunlangach, Komilov “Andijon” ixtiyoriga ko‘chib o‘tdi. Dilshodni “Andijon” klubi vakillari iliq qarshi oldilar va birozdan so‘ng yangi jamoasidagi ilk mashg‘ulotini boshlaydi, - deya xabar bermoqda klub matbuot xizmati.
Shuningdek, xabarda aytilishicha, yana yaqin soatlarda yana bir o‘yinchi ham jamoaga qo‘shiladi.

Fikrlar