Dilshodbek Ro‘zmetov Osiyo chempionatidagi debyutini omadli o‘tkazdi

  • 21.04.2019 14:30
  • 0
  • Boks
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Bangkok shahrida boks bo‘yicha Osiyo chempionatining uchinchi kun bellashuvlari davom etmoqda. Ushbu kun doirasida -81 kilogramm vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Dilshodbek Ro‘zmetov ham dastlabki jangini o‘tkazdi.

Vakilimiz hindistonlik Brijesh Yadavga qarshi bahs olib bordi. Keskin va murosasiz kechgan ushbu qarama-qarshilik hamyurtimizning g‘alabasi bilan yakunlandi va Ro‘zmetov chorak finalga yo‘l oldi. Yurtdoshimiz yarim final yo‘lida qozog‘istonlik Bek Nurmaganbetga qarshi ringga chiqadi, deya xabar bermoqda MOQ. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!