Dilyaver Vaniev: "Andijon"ni Superligaga qaytgani bilan tabriklayman"
“Andijon” jamoamizning “Mash’al”ga (4:2) ajoyib o‘yini va g‘alabasidan keyin odatga binoan tashkil etilgan matbuot anjumanida dastlab muborakliklar bosh murabbiyi Diyalver Vaniev ishtirok etdi.
- Avvalo, bunaqangi uchrashuvda kombinatsionni tashkil qilib bo‘lmaydi. “Andijon”ning o‘yinini bilgandik. Standartlar orqali o‘yin ko‘rsatishini o‘rganib chiqqandik. Tayyorgarlik ko‘rmaganmiz, deya olmayman. Yaxshigina tayyorgarlik ko‘rgandik. Qanotlardan, autlar orqali oshirib berilgan paslar xavfli chiqdi. Darvozamizga ikki marta bosh orqali gollar urildi. Natijani o‘zinglar ko‘rdinglar. Tanaffusda o‘yinchilarga etarlicha taktik ko‘rsatmalar bergandim. Ayniqsa, havodagi yakka kurashlarda yutqazmaslik kerakligini aytgandim. Uchrashuv davomida qaerlardadir xato qilishni boshladik va hammasi o‘zgarib ketdi. Qanday bo‘lsa, o‘yin shunday tugadi.
- Bu mag‘lubiyatda asosiy aybdor kim?
- Alohida kimnidir ko‘rsatib o‘tirmayman. Biz qo‘ldan kelganicha harakat qildik. Demak, biz yaxshi harakat qilmadik. Hammaga rahmat. “Andijon”ni Superligaga qaytgani bilan tabriklayman.
“Andijon” matbuot xizmati.

Fikrlar