
"Dinamo" 6 nafar etakchi futbolchi bilan xayrlashdi
«Dinamo» jamoasi 2023 yilgi mavsum yakunlariga ko‘ra, shartnomasi yakuniga etgan bir qator futbolchilar bilan xayrlashganini ma’lum qiladi.
Jamoa bilan amaldagi kelishuvi yakuniga etgan Erkin Boydullaev, Mirg‘iyos Sulaymonov, Murod Toshmatov, Abdujamol Isroilov, Derrik Mensah va Koike Yudai singari futbolchilar jamoani tark etdi.
«Dinamo» PFK jamoasi o‘tgan mavsumlar davomida Samarqand klubi sharafini munosib himoya qilib, klubning Superligaga qaytishiga hissa qo‘shgan Erkin Boydullaev, Mirg‘iyos Sulaymonov, Murod Toshmatov, Abdujamol Isroilov, ganalik Derrik Mensah va yaponiyalik Koike Yudaining keyingi faoliyatiga omad va zafarlar tilaydi, - deya xabar bermoqda klub matbuot xizmati.
Fikrlar