"Dinamo" YEChLda o‘ynagan futbolchi bilan shartnoma imzoladi
"Dinamo" jamoasi yana bir legioner futbolchini oʻz safiga qoʻshib oldi.
"Dinamo" jamoasi Dubaydagi yigʻin doirasida oʻtkazilgan koʻrikdan keyin yana bir legioner futbolchi bilan kelishuvga erishganini maʼlum qiladi.
2026 yildgi mavsum oldidan jamoa tarkibini kuchaytirish ishlari olib borilmoqda. Ganalik 30 yoshli yarimhimoyachi Kingsli Sarfo «Dinamo» PFK bilan erkin agent sifatida bir yillik shartnoma imzoladi. Markaziy yarimhimoyachi soʻnggi toʻrt yilda Kiprning APOEL klubi sharafini himoya qilgan boʻlsa, undan oldin «Nikosia», Shvetsiyaning «Malmyo» va «Sirius» jamoalari sharafini ham himoya qilgan. U YEChL, Yevropa ligasi va Konferensiyalar ligasi saralash va asosiy bosqichida ham maydonga tushgan.
Ishonamizki, Kingsli Sarfo jamoamiz sharafini munosib himoya qilib, samarqandlik muxlislar mehrini qozonadi!
Welcome to Dinamo Kingsley Sarfo", - deya yozdi samarqandliklar matbuoti.
Fikrlar