
"Dinamo" ganalik hujumchi bilan shartnoma tuzdi
“Dinamo” jamoasi Superliga yangi mavsumi oldidan o‘z safini legioner o‘yinchi bilan kuchaytirdi.
Samarqand jamoasi ganalik Emmanuel Yagr bilan bir yillik shartnoma imzoladi. 25 yoshli hujumchi yakunlangan mavsumda Qirg‘izistonning "Abdish-Ota" klubi safida faoliyat yuritib, mamlakat chempioni bo‘ldi va erkin agent sifatida "Dinamo"ga qo‘shildi.
Yagr OFK Kubogida ham "Abdish-Ota"da muvaffaqiyatli ishtirok etib, 6 o‘yinda 5 g‘alaba va 1 durang qayd etdi hamda 3 ta gol va 2 ta assistga mualliflik qilgan. U 2022 yil Qirg‘iziston chempionatida eng yaxshi to‘purar bo‘lgan - 23 o‘yinda 14 ta gol. 2023 yilda esa 11 gol bilan 2-o‘rinda bo‘ldi.
Ma’lumotnoma:
Emmanuel Yagr (25 yosh)
Ampluasi: hujumchi / hujumkor vinger
Tug‘ilgan joyi: Gana
Tug‘ilgan sanasi: 13 avgust, 1998 yil
Faoliyati:
"Kristal Pelas" akademiyasi (Gana).
Guriya (Gruziya, 2017-2020)
Alay (Qirg‘iziston, 2021-22)
Cherchill Brazers (Hindiston, 2023)
Abdish-Ota (Qirg‘iziston, 2023 2-davra).
"Dinamo" matbuot xizmati
Fikrlar