"Dinamo" "Nasaf" futbolchisini ijaraga oldi
“Dinamo” jamoasi mavsumning ikkinchi qismi oldidan tarkibni kuchaytirishda davom etmoqda.
Dukent tog‘li hududida o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini o‘tkazayotgan “Dinamo” jamoasi safiga “Nasaf” yarim himoyachisi Shokir Yo‘ldoshev qo‘shildi. 25 yoshli yarim himoyachi mavsumning qolgan qismini ijara asosida “Dinamo”da o‘tkazadi.

Avvalroq, klub Ro‘zimboy Ahmedovning transferini e’lon qilgan edi. Tajribali hujumchi bilan ham mavsum yakuniga qadar shartnoma imzolangan.
Shuningdek, klub Mixaylo Udod va Jamshid Hasanov bilan shartnomani bekor qilgan bo‘lsa, Dilshod Hamroev va Faxriddin Alimov jamoa ro‘yxatdan chiqarilgan.
“Dinamo” matbuot xizmati.

Fikrlar