
"Dinamo" yirik hisobda yutqazdi, tarkibda esa yana yangi futbolchilar bor
2 fevraldan Toshkentda yig‘in boshlagan “Dinamo” jamoasi dastlabki nazorat bahsida maydonga tushdi.
Poytaxtdagi birinchi o‘yin pro-liga vakili “Oq-tepa”ga qarshi o‘tdi. Uchrashuvning birinchi bo‘limida “Dinamo”ning asosiy tarkibi 0:0 hisobida durang qayd etgan bo‘lsa, ikkinchi bo‘limda tarkib o‘zgartirildi va unda “Oq-tepa” 4:1 hisobida g‘alaba qozondi. “Dinamo” safidagi yagona gol ko‘rikdan o‘tayotgan hujumchi Temur Usmonov nomiga yozildi.
Shuningdek, shu kuni Temur Hakimov, Alisher Ziyovutdinov, Firdavs Asadov singari futbolchilar jamoa ko‘rigida ishtirok etishdi.
“Dinamo” 5 fevral kuni Toshkentda Jizzaxning “So‘g‘diyona” klubiga qarshi nazorat bahsida maydonga tushadi.
Nazorat uchrashuvi. Toshkent
4 fevral (payshanba)
“Oq-tepa” – “Dinamo” - 4:1
“Dinamo”: Dilshod Hamroev, Jasur Hasanov, Matvey Guyganov, Obid Jo‘raboev, Komil Sharofutdinov, Jamshid Hasanov, Oleg Marchuk, Shoxruh Abdurahmonov, Sardor Eminov, Siroj Meliev, Mixaylo Udud.
Ikkinchi bo‘limda maydonga tushganlar: Asom Ahrorov, Islom Sharipov, Oybek Jo‘raev, Temur Hakimov, Firdavs Asadov, Temur Ismoilov, Alisher Ziyovutdinov, Temur Usmonov.
Fikrlar