Diyor Imomxo‘jaev: Biz avval o‘zimizni, keyin butun bir futbolni o‘zgartirishimiz lozim

  • 2 iyul, 2021, 12:21
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 6
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston professional futbol ligasi bosh direktori vazifasini vaqtincha bajaruvchi Diyor Imomxo‘jaev terma jamoaga kelishi mumkin bo‘lgan murabbiy haqida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.

Tecno

- O‘zbekiston termasiga yangi ustoz masalasida qator xabarlar chiqib turibdi. Rostini aytganda, birortasiga ishonayotganim yo‘q. Mavzu aktualligidan kelib chiqib, OAV o‘zi bilganicha va aniqlik kirita olganicha xabarlar e’lon qilishi normal holat.

Xans-Yurgen Gede nomzodi haqida ham xabar o‘qib qoldim. Germaniyalik mutaxassis 2003-2004 yillarda bizda ishlagan. Bizdan keyin Eron, Bahrayn, Malayziya, Ozarbayjon, Myanma, Liviya, Vetnam kabi davlatlarda faoliyat olib bordi. Shuning o‘ziyoq, unga nisbatan fikr shakllantira oladi — sayohatchi murabbiy, Marko Polodan ilhomlansa kerak.

Gede davrida O‘zbekiston Osiyo chempionatida ishtirok etgan va chorak finalda Bahraynga penaltilar seriyasida imkoniyatni boy bergan. O‘sha uchrashuvlarni yaxshi eslayman. O‘zbekiston guruhda 9 ochko jamg‘argan va darvoza daxlsizligini saqlab qolgan. Ammo bu himoya dahshat, degani emasdi. Chunki raqiblar Iroq, Turkmaniston va Saudiyaning eng past ko‘rsatkichli avlodi bo‘lgan. Bahrayn bu himoyani qanday yorib o‘tish mumkinligini chorak finalda ko‘rsatgan va bizga 2 ta gol urgan. Qo‘shimchasiga, guruh bosqichidagi o‘yinlarda bizdagi hujumkorlik emas, alohida futbolchilarning individual mahorati ko‘p narsani hal qilgandi. Qosimov ikki marta jarimasi sabab bizni durangdan qutqarib qolgan, Geynrix ham ikki marta o‘z uslubida jamoaga yordam bergan, tamom.

Biz bitta xatoni 2-3 martalab takrorlaganimiz uchun ham muvaffaqiyatsizlik yo‘lidan chiqyapmiz. Biz o‘z xatolarimizdan xulosa qilishimiz va faqat oldinga intilishimiz kerak. Baxtni o‘sha 2004 yillardan izlash to‘g‘ri ish emas. Va albatta, bir jihatga e’tiborli bo‘lishimiz shart, murabbiy o‘zgaravergani bilan ko‘p narsa yutmaymiz. Biz avval o‘zimizni, keyin butun bir futbolni o‘zgartirishimiz lozim.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Содир Гаффоров
02/07/2021 12:43
100 % фоиз тугри гаплар .1 мураббийни иккинчи маротаба куйиб биз 30 йилдан бери адашйапмиз .футболга йанги хаво йанги усул об киришимиз керак
PROSTO TELE
02/07/2021 12:33
Жуда тугри гаплар. Кушиламан Диёр гапларинга.
&
Ашуров Бахтийор
02/07/2021 17:06
Европалик тактик мураббий бўлмаса ҳаммаси бекор.
77 77
02/07/2021 16:30
Керуш керак бизга тамом
Islomkhuja Dilmurodovic
02/07/2021 14:47
Диёр узинг шархловчиликка қайт
Baxil Alihuja
02/07/2021 13:12
Албатта, аввало Диёр узингни узгартир, кейин УФА ходимларини узгартириб чикасан! Кейин яхши ташкилотчилар билан максадга интилувчан тренер топсаларинг, терма жамоани хам 90% узгартириш керак!