Diyor Imomxo‘jaev: Bunday jamoa Toshkentda sarson bo‘lmaydi

  • 29 mart, 2021, 11:31
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

O‘zbekiston Professional futbol ligasi Bosh direktori vazifasini bajaruvchi Diyor Imomxo‘jaev o‘zining telegramdagi sahifasida OFK litsenziyalash jarayoni boshlanayotgani va bu borada "So‘g‘diyona" klubida olib borilayotgan ishlar haqida to‘xtalib o‘tdi.

"Tez orada OFK litsenziyalash jarayonini boshlaydi. Unda uchrashi mumkin bo‘lgan kamchiliklar yuzasidan O‘zPFL ish boshlagan.

27 mart kuni Jizzaxda bo‘ldik. "So‘g‘diyona" prezidenti bilan uchrashib, qator masalalar yuzasidan kelishib oldik. Tez orada futbol klubi uchun yangi baza ishga tushadi. Tog‘ yon bag‘rida joylashgan bazada asosiy tarkib uchun barcha qulayliklar bo‘ladi. Bunday bazasi bor klub Toshkentda sarson yurishi yoki mehmonxonalar uchun katta chiqim qilishi shart bo‘lmaydi.

Shuningdek, "So‘g‘diyona" tog‘ etagidan o‘z akademiyasi uchun er olib ulgurgan. Qurilish ishlari tez orada boshlanadi. Akademiya joylashgan hududga faqat havas qilish mumkin, barchasi rejadagidek bo‘lsa, 4-5 yildan keyin Jizzaxdagi akademiya ham sekin-asta sifatga kiradi. Mahalliy futbolchilarning o‘zida katta futbolga kirib borish uchun yaxshi imkoniyat paydo bo‘ladi.

Klub ustavi, OFK talabidagi mutaxassislarning klub shtat-jadvalida aks etishi, auditorlik tekshiruvi xulosalarining OFK platformasiga o‘z vaqtida joylanishi kabi masalalarda bir qator ishlar mavjud. Ularni to‘g‘rilash masalasida klub bilan birgalikda ishlaymiz", - dedi Imomxo‘jaev.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!