Diyor Imomxo‘jaev: "Endilikda Superligada 3-o‘rin uchun rostmana kurash kechadi"
Osiyo Futbol Konfederatsiyasi tashkilotga a’zo mamlakatlar assotsiatsiyalaridan 2023 yilgi mavsum davomida qit’aning klublar miqyosidagi nufuzli musobaqasi — Osiyo chempionlar ligasida qatnashadigan klublar soniga aniqlik kiritib oldi.
O‘zPFL direktori Diyor Imomxo‘jaev bu holatga izoh berdi: "OFK 2023 yilgi mavsum uchun Chempionlar ligasi va OFK kubogi uchun kvotalar sonini e’lon qildi. Unga ko‘ra, O‘zbekiston 2+2 yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. 2023 yildan boshlab OFK kubogi musobaqasida ishtirok etmaymiz.
Endilikda g‘arbiy mintaqada faqatgina Saudiya va Eron kvotalar soni bo‘yicha bizdan oldinda. Biz Qatarga tenglashdik, BAA bizdan ortda qola boshladi.
Izoh. Endilikda Superligada 3-o‘rin uchun rostmana kurash kechadi. Agar Superliga va kubok g‘olibi bitta klub bo‘lsa, u holda Superliganing to‘rtinchi jamoasida ham xalqaro maydonda o‘ynash imkoniyati bo‘ladi".

Fikrlar