Diyor Imomxo‘jaev: G‘olib 1,5 million dollarga ega chiqishini inobatga olsak, uni begona qilmasligimiz kerak

  • 29 iyul, 2020, 16:35
  • Bekzod Isayev
  • 4
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun OFK musobaqalar: OChL uchun bizga 1+1, OFK kubogi uchun 1 yo‘llanma ajratgani borasida xabar bergandik.

PFL bosh direktori vazifasini bajaruvchi Diyor Imomxo‘jaev telegramdagi o‘zining sahifasida OFK kubogiga jiddiy e’tibor qaratilishi kerakligi, uning ortidan moddiy mablag‘ jamg‘arish mumkinligi borasida o‘z fikrlarini bayon qildi.

2021 yildan O‘zbekistonga OChLda nechta joy ajratilishi ma’lum. Endi yurtimiz nomidan OFK Kubogida ham jamoa bo‘ladi

2161554834497

- OFK 2021 yilgi xalqaro maydonlari uchun klublarimizga 1+1+1 ko‘rinishida kvota taqdim etdi. Demak:

Coca Cola Superliga chempioni — OChL guruh bosqichida o‘ynaydi.

Coca Cola kubogi g‘olibi — OChL pley-offda ishtirok etadi.

Coca Cola Superliga vitse-chempioni — OFK kubogi guruh bosqichi, agar...

...agar Coca Cola kubogi g‘olibi OChL guruh bosqichiga yo‘l olsa. Ololmasa, uning o‘zi OFK kubogi guruh bosqichida o‘ynaydi, Coca Cola Superliga vitse-chempioni esa xalqaro maydonsiz qoladi.

Har qanday holatda ham klublarimiz uchun OFK kubogini yutish imkoniyati sezilarli ko‘p. G‘olib 1,5 million dollarga ega chiqishini inobatga olsak, uni begona qilmasligimiz kerak, - dedi Imomxo‘jaev.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Sash
29/07/2020 19:59
Arab, yopan, karislar laylak ovlayapdima. Mansab tegdi deb og'zingga kelgan gapni gapirib qolding. Mutahasis, profesorla ishlayapdi ulada sanga uhshagan malakasosla ishlamayapdi federatsiyasida. UFA da nima ish kursatting shundan gapir. Olayotgan nafasingdan pahtakorga yon bosishing bilinib turadi. Navbahorga Nasafga quyib ber erkinlik ber kursatadi uyindi. Nasaf har yil tarkib yangilaydi. Uzini botqog'iga uzi botib yotibdi. Nima yordam kursatding shunga uhshagan klublaga. Shtraf solishni bilasanla. Yordam qilolmaysan. Klub uchunmas raqobat uchun fudbol rivoji uchun. Kolangdi ichida raqobatni kuchaytir kiyin umid qil.
равшан ганиев
29/07/2020 19:20
Локомотив чикмасин ОФК кубогига. Локомотив бунака юришда ОФКдаям ютказади. Насаф, Навбахор, йоки АГМК имкогиятлари жуда катта ва 1,5 миллион доллар соврин уларга молиявий томондан катта ёрдам буларди
chag'ot city
29/07/2020 16:43
Paxtakor oladi xudo xoxlasa o'sha yutuqni
Javlon Abdullaev
29/07/2020 20:22
????????????????????????