Diyor Imomxo‘jaev: Tojikistonlik futbolchilar tahsinga loyiq

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

O‘zPFL direktori lavozimini bajaruvchi Diyor Imomxo‘jaev o‘z "Telegram" sahifasida kecha bo‘lib o‘tgan AGMK - "Istiqlol" bahsi haqida post qoldirdi:

"O‘yin yorqin bo‘ldi. Biz qo‘shnilar bilan mana shunday derbilarda ko‘proq ishtirok etishimizdan har ikki tomon yutadi.

Tojikistonlik futbolchilarga bir jihat bilan tashakkur aytish mumkin — ular o‘yin vaqtini sun’iy cho‘zishga intilmadi, bu tahsinga loyiq.

AGMK Chempionlar ligasida ikki xil o‘yin o‘tkazdi. Dastlabki xulosa shundayki, AGMK ikkinchi raqamda yorqinroq ko‘rindi. Javob o‘yinini intiqlik bilan kutamiz.

O‘zbekiston va Tojikiston futbolini faqatgina shu o‘yin bilan solishtirayotganlar diqqatiga: AGMK mamlakatimizning uchinchi klubi, "Istiqlol" esa Tojikistonning birinchi raqamli jamoasi. Biz g‘alati solishtirishlarga vaqt sarflashimiz emas, xatolar ustida ishlashimiz kerak. Pandemiya tezroq yo‘l bersa, 2022 yilda Markaziy Osiyo mamlakatlari ishtirokida Liga kubogini tashkil etish masalasiga ham jiddiy yondoshishimiz shart. Biz qardoshlarmiz, biz bir-birimizga yaxshi oyna bo‘la olamiz", - deb yozadi Imomxo‘jaev. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!