Diyora Keldiyorova Abu-Dabi “Katta dubulg‘a” turnirida kumush medalni qo‘lga kiritdi

  • 21 oktabr, 2022, 20:13
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Dzyudo
CHERY AUTO

BAAning Abu-Dabi shahrida dzyudo bo‘yicha “Katta dubulg‘a” turnirining birinchi kuni o‘z yakuniga etmoqda. Quvonarlisi, unda ishtirok etgan hamyurtimiz Diyora Keldiyorova -52 kg vazn toifasida kumush medalga sazovor bo‘ldi. Bu haqda MOQ matbuot xizmati xabar tarqatmoqda.

Tecno

Sportchimiz murosasiz kechgan finalda frantsiyalik Astrid Gnetoga qarshi bahs olib bordi. Afsuski, bellashuvda evropalik dzyudochining qo‘li baland keldi. Bu Keldiyorova uchun “Katta dubulg‘a” turnirlaridagi to‘rtinchi medal bo‘ldi.

Ushbu natija orqali Diyora jahon reytingi uchun 700, Parij-2024 Olimpiadasi yo‘lida 350 ochkoni o‘z hisobiga yozib qo‘ymoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!