
Dmitriy Bivol Beterbievning Smit bilan jangdagi g‘alabasiga munosabat bildirdi
Yarim og‘ir vaznda WBA chempioni (79,4 kg) rossiyalik Dmitriy Bivol WBC, IBF va WBO chempionlik unvonlari sohibi Artur Beterbievning 14 yanvar kuni Monrealda (Kanada) bo‘lib o‘tgan britaniyalik Kallum Smitga qarshi jangdagi g‘alabasi haqida fikr bildirdi.
“Albatta, men jangni kuzatdim. Rostini aytsam, hayron bo‘lmadim. Kutganimdek, Beterbiev yaxshi jang qildi. Yangi hech narsa ko‘rmadim. Beterbiev har doimgidek kuchli. U o‘z ishini yaxshi bajardi va bu ajablanarli emas", – deya Bivol so‘zlarini keltiradi Matchroom Boxing matbuot xizmati.
Fikrlar