
Dmitriy Bivol Errol Spens va Terens Krouford jangi bo‘yicha o‘z fikrini bildirdi
29 iyul kuni AQShning Nevada shtati, Las-Vegas shahrida joylashgan “T-Mobile” arenasida yarim o‘rta vazn toifasida (66,6 kg) uzoq kutilgan WBC, WBA, IBF chempioni Errol Spens (28-0, 22KO) va WBO kamari egasi Terens Krouford (39-0, 30KO) o‘rtasidagi jang bo‘lib o‘tadi.
Ushbu bahs borasida yarim og‘ir vaznda WBA chempioni Dmitriy Bivol o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
"Men Kroufordni tezligi, harakatlari va refleksi sababli ustunroq degan bo‘lar edim. Spens ringda yirik jangchi va ajoyib ring IQ'ga ega, ammo mening fikrimcha Krouford hozir eng mukammal jangchi", - deydi u o‘zining tvitter sahifasida.
Fikrlar