Doniyor Abdumannopov "Andijon" bilan shartnomasini uzaytirdi

  • 06.01.2026 09:29
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol

"Andijon"ning yangi mavsum uchun tarkibni yaxshilab shakllantirish jarayoni davom etmoqda va yangi taklif qilinayotgan ijrochilardan tashqari o‘tgan yili o‘ynagan futbolchilardan shartnomasini uzaytirayotganlari ham bor.

Jumladan, muxlislarning mehrini qozongan yarim himoyachi Doniyor Abdumannopov bilan amaldagi kelishuv joriy yilgi mavsum uchun ham amal qiladi va tomonlar bu borada bir to‘xtamga keldilar. Bu xususida klub matbuot xizmati ma’lum qildi.

Bilasizlar, Abdumannopov asli Andijon farzandi va aynan “Andijon” klubi tarbiyalanuvchisi sanaladi.

U 2018-2021 yillar mobaynida jamoamiz sharafini himoya qilgan. 2025 yili esa yana safimizga qaytdi. Doniyor o‘tgan yili 38 ta uchrashuvda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va 1 ta assistni bajardi.

Umumiy hisobda esa Abdumannopov “Andijon” libosida faoliyati davomida 72 ta o‘yinda maydonga tushgan va jami 10 ta gol urgan.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!