Doniyor Saliev jahon rekordini o‘rnatdi va oltin medalga sazovor bo‘ldi!
Yana rekord, yana oltin medal!
Frantsiya poytaxtidan yana bir xushxabar! Erkaklar o‘rtasida T12 klassida uzunlikka sakrash dasturida ishtirok etgan para atletimiz Doniyor Saliev 7 metr 47 sm natija bilan navbatdagi oltin medalni delegatsiyamiz hisobiga qo‘shtirib qo‘ydi.
Shuni alohida ta’kidlash lozimki, sportchimiz ushbu natijasi orqali jahon rekordini ham yangilashga muvaffaq bo‘ldi va Parij-2024 yozgi Paralimpiya o‘yinlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri litsenziyani qo‘lga kiritdi.


Izohlar (0)