Donnarumma: U aql bovar qilmaydigan o‘yin ko‘rsatdi

  • 30 may, 2022, 09:50
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJ darvozaboni Janluiji Donnarumma "Real"dagi hamkasbi Tibo Kurtuani Evropaning eng yaxshi darvozaboni deb hisoblashini aytdi.

Tecno

"Men Chempionlar ligasining final o‘yinini tomosha qildim, Kurtua aql bovar qilmaydigan o‘yin namoyish etdi. Aynan u "Real"ga g‘alaba keltirdi. Hozir Tibo Evropaning eng yaxshi darvozaboni. PSJ ularning o‘rnida bo‘lishi mumkin edi, ammo bu futbol”, - dedi italiyalik posbon.

Eslatib o‘tamiz, 30 yoshli Kurtua “Real” va “Liverpul” o‘rtasidagi Chempionlar ligasi finalida 9 ta seyv ko‘rsatib, eng yaxshi futbolchi deb topilgandi. “Qirollik klubi” esa ushbu bahsda 1:0 hisobida g‘alaba qozondi va bosh sovrinni qo‘lga kiritdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!