
Doston Tursunov 22 noyabr kuni Italiyada operatsiya qilinadi
Xabaringiz bor, O‘zbekiston milliy terma jamoasining Gruziyaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuviga tayyorgarlik jarayonida futbolchimiz Doston Tursunov jarohat olgandi. Tekshiruvlar natijasida ushbu jarohat jarrohlik amaliyoti talab etilishi ma’lum bo‘ldi.
O‘FA tomonidan futbolchimizning tezroq sog‘ayib, safga qo‘shilishi uchun barcha sa’y-harakatlar amalga oshirilmoqda. Xususan, Doston Tursunovni davolashga Italiyaning mashhur jarrohlaridan biri Per Paolo Mariani jalb etildi.
Futbolchimiz Italiya poytaxti Rimga, “Villa Stuart” klinikasiga yo‘l oladi va u erda 22 noyabr kuni professor Mariani tomonidan operatsiya qilinadi.
O‘FA matbuot xizmati.
Fikrlar