
Doston Tursunov Rimda!
O‘zbekiston milliy terma jamoasining Gruziyaga qarshi o‘yini oldidan tashkil etilgan o‘quv-mashg‘ulot yig‘iniga Xitoyda o‘ynayotgan legionerimiz Doston Tursunov ham taklif qilinganini, ammo mashg‘ulotda jarohat olib safdan chiqqanini bilasiz.
Tekshiruvlar natijasida futbolchiga jarrohlik amaliyoti zarurligi ma’lum bo‘lgandi. O‘FA tomonidan Tursunovning davolanishi uchun italiyalik mashhur jarrohlardan biri Paolo Mariani jalb etilgani haqida xabar bergandik.
Doston 22 noyabr kuni Rimdagi “Villa Stuart” klinikasida operatsiya qilinadi. Shu sababli Tursunov ayni paytda Rimda bo‘lib turibdi. Shu fursatdan foydalanib, Doston Tursunov “Roma” klubi sharafini himoya qilayotgan do‘sti Eldor Shomurodov bilan uchrashdi. Bu haqida Tursunov o‘zining instagramdagi sahifasida ma’lum qilgan holda Eldor bilan birga tushgan rasmini joyladi va unga “do‘stim bilan kechki sayr” deb yozgan.
Eslatib o‘tamiz, "Roma" klubi Italiya A seriyasining 13-tur doirasida ertaga "Jenoa" bilan o‘ynaydi.
Fikrlar