Dragan Cheran: "Andijon"ning Superligaga qaytishiga ishonchim komil"

  • 9 iyun, 2022, 08:40
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston chempionatida to‘p surayotgan legionerlar orasida eng yaxshisi hisoblangan “Paxtakor” sardori hamda etakchisi Dragan Cheran jamoamizni ham doimiy ravishda kuzatib kelmoqda.

Tecno

Shu sababli “Paxtakor” to‘purari “Andijon” matbuot xizmatiga jamoamizning “Xorazm”ga qarshi o‘yini oldidan o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

- Men albatta, “Andijon” klubida yuz berayotgan voqealarni kuzatib boryapman. Do‘stlarim ham ushbu jamoa uchun to‘p surishyapti. Ularga “Xorazm”ga qarshi muhim uchrashuv oldidan omad tilayman.

“Andijon” futbol klubining o‘ziga munosib bo‘lgan joyga qaytishiga aminman. Ya’ni, Superliga ishtirokchilari orasidan joy olishiga ishonchim komil.

Jamoa a’zolari juda ajoyib bo‘lgan qo‘llab-quvvatlashga egalar. Negaki, “Andijon”ning a’lo darajadagi ishqibozlari bor. Bunday qoyilmaqom muxlislar qarshisida to‘p surish betakror hissiyotlarni baxshida etadi, deb hisoblayman.

“Andijon” matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!