Drogba: "Argentinaliklar Mbappega o‘z futbolini o‘ynashga imkon bermaydi"
Kot-d'Ivuar terma jamoasining sobiq hujumchisi Dide Drogba JCh-2022 finali haqida gapirdi. Unda Frantsiya Argentina bilan o‘ynaydi.
"Frantsuzlar raqibning oyoqlariga tepishni yoqtirmaydi. Argentinaliklar esa ularning mutlaqo aksidir — juda tajovuzkor, ular Mbappega o‘z futbolini o‘ynashga imkon bermaydi.
O‘ylaymanki, Messi sheriklari har qanday yo‘l bilan Kilianni bloklab qo‘yadi. Ammo frantsuzlarning tarkibida Tchuameni, Grizmann va Dembele borligini unutmaslik kerak. Ularni ham to‘xtatish oson bo‘lmaydi", - deydi Drogba.
Ma’lumot uchun, Frantsiya hamda Argentina bahsi 18 dekabr kuni "Lusail" stadionida bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar