
Dunyoning eng kuchli yosh tennischilari Qarshida kuch sinashmoqda
Qarshi shahrida tennis bo‘yicha erkaklar o‘rtasida "Fyuchers" turkumiga kiruvchi "Karshi Men's International" turniri boshlandi.
O‘zbekiston Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Milliy olimpiya qo‘mitasi, Xalqaro tennis federatsiyasi va mamlakatimiz tennis federatsiyasi tomonidan tashkil etilgan ushbu musobaqada vakillarimizdan tashqari Rossiya, Belarus, Qozog‘iston, Gruziya, Ukraina kabi davlatlardan kelgan tennischilar o‘zaro kuch sinashmoqda.
Musobaqada Humoyun Sultonov, Sanjar Fayziev, Sergey Fomin, Olimjon Nabiev, Ibrohimjon Urinov, Saida’lo Saidkarimov kabi terma jamoamiz a’zolari bilan birgalikda o‘nga yaqin yosh tennischilarimiz yakkalik va juftlik bahslarida ishtirok etmoqda.
Fikrlar