Dunyoning eng yaxshi stadioni qaysi?

  • 11.05.2020 10:54
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Marca nashri dunyoning eng zo‘r stadionini aniqlash bo‘yicha o‘tkazgan so‘rovnoma natijalarini e’lon qildi.

Unga ko‘ra, Misrdagi Qoxira xalqaro stadioni 124 ming ovoz to‘plagan holda 1-o‘rinni egalladi. Ayni damda ushbu arenada "Al-Axli" klubi o‘z uy o‘yinlarini o‘tkazadi.

Ikkinchi o‘rinni esa "Real"ning uy stadioni hisoblangan "Santyago Bernabeu" egalladi. Ushbu arena 54 ming ovoz to‘pladi.

Kuchli uchlikni esa "Barselona"ning "Kamp Nou"si egalladi. Unga so‘rovnomada ishtirok etganlarning 32 mingtasi ovoz berdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!